Toshkentda O‘zbekistonda barqaror “yashil rivojlanish”ning dolzarb vazifalari muhokama qilinadi
05.
07. 2023
16:24
2697
Янгиликлар

2023-yilning 6-iyul kuni soat 14:00 daToshkent shahridagi “Event Hall”da “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiyalar va rivojlanish” mavzusidagi xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida “Yashil taraqqiyot”: Yangi Oʻzbekiston tajribasi va jahon tendensiyalari” xalqaro tadbiri boʻlib oʻtadi. 

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosari Jusipbek Kazbekov, shuningdek, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bosh direktori Boris Erg, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati “Yashil Markaziy Osiyo” Dasturi rahbari Karolina Milou, Global yashil oʻsish institutining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. Jinxa Kim va boshqa xorijlik mutaxassislar ham ishtirok etadi. 

Xorijlik mutaxassislar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil tiklanish va iqlim harakatlari sohasida hamkorlik qilish, "Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimi, yerdan foydalanish va ekotizimlarni tiklash", "Oʻzbekistonning togʻli va vodiyli hududlarida oʻrmonlarni barqaror boshqarish" va boshqa qator dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilinadi.

Фойдали манбалар