Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida ikkita buxoro bug'usi brakonerlar tuzog‘iga tushib qoldi
19.
07. 2023
09:52
2081
Янгиликлар

2023-yil 16-iyul kuni soat 06:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining o‘tish zonasi, Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida 2 ta Buxoro bug‘usining jasadi topildi.

Hayvonlarning nobud bo‘lishiga aloqador shaxslarni aniqlash maqsadida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati boshqarmasi inspektorlari voqea joyida pistirma tashkil qildi. Bir necha soat o‘tgach, niqobli ikki noma’lum shaxs pistirmaga yaqinlashdi, ammo inspektorlarni payqab, voqea joyidan qochib ketishdi.

Quyi Amudaryo qo‘riqxonasi inspektorlarining o‘tkazgan tezkor harakatlari natijasida Beruniy tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda voqeaga aloqador brakonyerlar – Beruniy tumani Biybozor qishlog‘ida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan Sh.A., 1990-yilda tug‘ilgan R. B. va 1985-yilda tug‘ilgan I.D.lar qo'lga olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Beruniy tumani IIB tomonidan hayvonlarning nobud bo‘lganligi fakti yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Фойдали манбалар