"Obodonlashtirish oyligi": Qoraqalpog‘iston Respublikasi 15 ming 723 tonna maishiy chiqindidan tozalandi
28.
08. 2023
15:38
2375
Янгиликлар

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi arafasida Respublika bo‘ylab “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Oylik doirasida boshqa hududlar qatori Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, hududlardan chiqindilarni olib chiqib ketish uchun jami 3 ming 255 ta maxsus texnika vositalari jalb etildi. 



Oylik boshlangandan shu kunga qadar jami 15 ming 723 tonna maishiy chiqindi olib chiqilib, maxsus poligonlarga joylashtirildi. Shuningdek, 23 ta chiqindi yig‘ish shaxobchasi  taʼmirlandi. 

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida 30 ta chiqindi yig‘ish shaxobchasi taʼmirlandi. Qolaversa, 911,2 gektar yer maydoni, 449 ta mahalla binosi, 429,7 km ariq va lotoklar, 190,5 km irrigatsiya va melioratsiya obyektlari, 131,5 km suv obyektlarining qirg‘oqlari tozalandi. 

Shu bilan birga, 422,1 km avtomobil yo‘l bo‘ylari, 131 ta guzar, 339 ta qabriston, 37 ta ziyoratgoh, 124 ta ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilot va korxonalari, 466 ta tadbirkorlik subyektlari obodonlashtirildi.

Obodonlashtirish oyligi 30 avgustgacha davom etadi.

Фойдали манбалар