Shu kunlarda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Oqdaryo tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan kuchaytirilgan kuzatuv reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
28-avgust kungi reyd davomida tumanning “Qorateri” mahallasi fuqarosi L. M. o‘z boshqaruvida bo‘lgan texnika vositasi ko‘magida Qoradaryo daryosining o‘ng qirg‘og‘idan qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi texnika vositalariga yuklab berayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 70-moddasi 4-qismiga binoan bayonnoma rasmiylashtirildi.
L. M.ga nisbatan BHMning 25 barobari — 8 million 250 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.