Pekindagi xalqaro Kongressda O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish mavzusida taqdimot o‘tkazildi
14.
09. 2023
17:25
2221
Янгиликлар

Ayni damda Pekin shahrida XVIII Butunjahon suv Kongressi bo‘lib o‘tmoqda. 

Xalqaro suv resurslari assotsiatsiyasi (IWRA) va Xitoy Xalq Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Suv hamma uchun: inson va tabiatning uygʼunligi” mavzusidagi Kongressda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Suv xoʼjaligi vazirligi vakillari ham ishtirok etmoqda. 

Ta'kidlash joizki, Ekologiya vazirligi xodimi Shamsiddin Qurbonov Kongressning “Belt and Road Conference Water resources and Water Environment” tadbiri doirasida O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish mavzusida ma'ruza qildi. Shuningdek, yurtimizda suv resurslarini muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot o‘tkazdi.

Ma'lumot uchun, Butunjahon suv Kongressi butun dunyo boʼylab suv resurslari sohasida siyosatchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarni toʼplaydigan keng koʼlamli anjuman hisoblanadi. 

Bu galgi anjumanda dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlari va suv resurslari bilan shugʼullanuvchi 130 dan ortiq xalqaro tashkilot va tuzilmalardan vakillar, shuningdek, Xitoyning suv xoʼjaligi sohasidagi 700 ga yaqin mutaxassislari qatnashmoqda. 

Kongress 15-sentabrgacha davom etadi.

Фойдали манбалар