"Yashil makon" doirasida bahorgi mavsumda 127,7 mln tup koʻchat va qalamchalar ekildi
06.
10. 2023
12:13
2573
Янгиликлар

Taʼkidlash joizki, bahor mavsumida 127,7 mln tup koʻchat va qalamchalar ekildi. Bu belgilangan rejaga asosan 102,2 foizni tashkil qiladi. 

Bahorgi mavsumda “Yashil makon” doirasida belgilangan reja Qoraqalpogʻiston Respublikasida 100,9 foizga, Andijon viloyatida 103,9 foizga, Buxoro viloyatida 103,2 foizga, Jizzax viloyatida 102,2 foizga, Qashqadaryo viloyatida 100,9 foizga, Navoiy viloyatida 101 foizga, Namangan viloyatida 102,1 foizga, Samarqand viloyatida 101,5 foizga, Surxondaryo viloyatida 100,7 foizga, Sirdaryo viloyatida 101,3 foizga, Toshkent viloyatida 102,9 foizga, Fargʻona viloyatida 104,4 foizga, Xorazm viloyatida 103,6 foizga, Toshkent shahrida esa 105,5 foizga bajarildi.

Bundan tashqari, kuz mavsumida 85 mln dona manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlari ekilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 5 million 950 ming, Andijon viloyatida 6 million 551 ming, Buxoro viloyatida 6 million 573 ming, Jizzax viloyatida 6 million 732 ming, Qashqadaryo viloyatida 6 million 947 ming, Navoiy viloyatida 5 million 973 ming, Namangan viloyatida 6 million 543 ming, Samarqand viloyatida 6 million 942 ming, Surxondaryo viloyatida 6 million 803 ming, Sirdaryo viloyatida 5 million 987 ming, Toshkent viloyatida 6 million 893 ming, Fargʻona viloyatida 6 million 502 ming, Xorazm viloyatida 6 million 156 ming, Toshkent shahrida 453 mingta koʻchatlar ekiladi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar har bir tuman (shahar) markaziy hududlarida 50 sotixdan 2 gektargacha boʻlgan maydonlarda “vazirlik” va “hokimlik bogʻlari”, “yashil bogʻlar” hamda har 50 – 100 ming aholi uchun “jamoat parklari” tashkil etish rejalashtirilgan.

Qolaversa, respublikadagi I va II toifadagi yirik sanoat korxonalari tomonidan 1 mln 835 ming tup manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekilib, “yashil belbogʻ”lar barpo qilish koʻzda tutilgan.

Фойдали манбалар