Surxondaryoda 611 tup tojik kovragi noqonuniy kesildi. Zarar — 302 million 445 ming so‘m
12.
10. 2023
12:13
3146
Янгиликлар

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Prokuraturasi hamda tuman Ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan “Tojik kovragi” o’sadigan hududlarda muntazam ravishda kunduzgi va tungi reyd  tadbirlari o’tkazilmoqda.

Uzun tumani “Bobotog’” davlat o’rmon xo’jaligida o’tkazilgan nazorat tadbirlari davomida o’rmon xo’jaligining “Fayzova” bo’limi, 6-aylanma 7-kvartalining “Archabuloq” massivi hududida tabiiy holda o'sadigan tojik kovragi o’simligiga ko'p miqdorda zarar yetgazilganligi aniqlandi. 

O’rganishlar natijasida o’rmon xodimlarining o’z ishiga ma’suliyatsizlik bilan yondashishi oqibatida hududdagi  O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan 611 tup tojik kovragi o’simligi noqonuniy tarzda kesib olinganligi va bu bilan tabiatga 302 million 445 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.

Ish yuzasidan to'plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun tuman prokuraturasiga yuborildi.

Фойдали манбалар