20–23-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chansha shahrida “Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yashil va kam uglerodli rivojlanish” forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimlari ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida Osiyo va Tinch okeani mintaqasida yashil rivojlanish, Parij bitimi doirasida 2030-yilgacha issiqxona gazlari tashlamalarini qisqartirish uchun ilmiy izlanishlar, yangi texnologiyalarni joriy etish mavzularidagi panel sessiyalar bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, panel sessiyalarda ishlab chiqarish tarmoqlarini transformatsiyalash, iqlim o‘zgarishiga moslashish, bioxilma-xillikni muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish mavzulari ham muhokama qilindi.
Shuningdek, forum doirasida yashil texnologiyalar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.
Qolaversa, tadbir ishtirokchilari yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishi sohasida faoliyat yuritayotgan olimlarning ma'ruzalarini tinglashdi. Shu bilan birga, forum qatnashchilari yashil texnologiyalarni joriy qilayotgan korxonalarga tashrif buyurishdi.