"Ekologiya va iqlim o‘zgarishi — rassomlar nigohida”: O‘zbekistonning boy va betakror tabiati manzaralari yaratildi 
07.
11. 2023
15:42
2438
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan "Ekologiya va iqlim o‘zgarishi — rassomlar nigohida” mavzusida plener ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda. 
    
Tanlov doirasida Badiiy akademiyaning bir guruh a’zolari, mahoratli rassomlar vazirlik tasarrufidagi Quyi Amudaryo biosfera rezervati, Ugom-Chotqol, “Zarafshon” va "Xorazm" milliy tabiat bog’i, Chotqol davlat biosfera qo’riqxonasi hamda “Surxon” davlat qo‘riqxonasida bo‘lib, O‘zbekistonning boy va betakror tabiati manzaralarini yaratishdi. Xususan, “Surxon” davlat qo‘riqxonasida go‘zal sa’nat asarlari chizildi, badiiy etyudlar tayyorlandi.


    
Ko‘rik tanlovdan maqsad xalqimizda atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, yoshlar ongida yurtimizning tabiiy boyliklari — tog’lar, o’rmonlar, daryolar, hayvonot va o’simlik dunyosiga mehr-muhabbat tuyg’usini kuchaytirish, shungdek, rangtasvir asarlari orqali yurtimizning betakror kuz fasli manzaralarini keng targ’ib qilish, iqtidorli musavvirlarni manzara janrida yurtimizning noyob go’shalari tasvirini chizishga rag’batlantirish, yosh ijodkorlar, ayniqsa, chekka hududlardagi iste’dodli yoshlar faolligini oshirishdir.    
    
Plener yakunida kamida uchtadan ish topshirgan rassomlar pul mukofotlari, sertifikatlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi. Ishtirokchilar Toshkent shahrida plener asarlari ko‘rgazmasining ochilish marosimida rag‘batlantiriladi.











Фойдали манбалар