ICBA bilan Orol hududini yaxshilashga qaratilgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
05.
12. 2023
12:35
1498
Янгиликлар

BAAda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqlim forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov BAA Xalqaro bio-tuzli qishloq xo'jaligi markazi (ICBA) bosh direktori Dr. Tarifa Al Zaabi bilan uchrashdi.

Ma’lumot uchun, Tarifa Al Zaabi oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv, innovatsiyalar, tadqiqot va salohiyatni rivojlantirish orqali xizmatlar va strategiyalarni ishlab chiqishda katta tajribaga ega. Agrotexnologiyalar sektorini o‘zgartirish va ichki oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan qator xalqaro tadbirlarda doimiy faol. 2020-yildan BAA Xalqaro bio-sho'r qishloq xo'jaligi markazi (ICBA) bosh direktori.

“Dubai Expo”dagi “O‘zbekiston” pavilyonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. 

“O‘zbekiston hukumati Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida iqlim masalasini ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Ekologik muammolarning ilmiy, innovatsion, “yashil” yechimlarini topishga katta ahamiyat qaratganmiz. Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi tashkil etilgani fikrimizning yorqin isbotidir, — dedi Aziz Abduhakimov. — BAA Xalqaro bio-sho'r qishloq xo'jaligi markazi bilan hamkorlik esa o‘zaro tajriba almashish, ekologik muammolarni hal qilishda innovatsion usullarni samarali qo‘llash va birgalikda turli istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi”.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi negizida Gen-bankini tashkil etish, O'zbekistonning qurg'oqchil iqlimi va Orol dengizi havzasida yetishtirilishi mumkin bo'lgan qurg'oqchilik va suv inqiroziga chidamli ekin turlarini yaratish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, Orolboʻyida fermerlarni oʻqitish borasida suv xo‘jaligini joriy etish boʻyicha issiqxona tashkil etishga qaratilgan qoʻshma tajriba loyihasini ishga tushirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi xodimlari uchun treninglar o'tkazish, yerlarni saqlash va tiklash, cho'llanishga qarshi kurashish, ilmiy-tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash bo‘yicha samarali hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Aziz Abduhakimov Tarifa Al Zaabini hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilish va diqqatga sazovor obyektlarni ko‘zdan kechirish uchun O‘zbekistonga taklif qildi.

Фойдали манбалар