Toshkentda IUCN vakolatxonasini ochish jarayoni boshlandi
09.
12. 2023
15:27
5970
Янгиликлар

Dubayda boʻlib oʻtayotgan BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha 28-konferensiyasi (COP28) doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) Bosh direktori Dr. Gretel Aguilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv "O‘zbekiston" pavilyonida bo‘lib o‘tdi. Vazir doktor G. Agilarni bosh direktor lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va IUCN bilan yaqin va amaliy hamkorlikni davom ettirishga, shuningdek, O‘zbekistonda qo‘shma ekologik loyihalarni amalga oshirishga umid bildirdi.

Ma’lumot uchun, Doktor G. Agilar bu lavozimni 2023-yil 20-oktabrda egallagan. Unga qadar, 2020-2023-yillarda Doktor Bruno Oberle direktorlik qilgan.

Uchrashuvda bugungi kunda umumiy qiymati 22 million dollardan ortiq boʻlgan qoʻshma grant loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlikda ish boshlangani, shundan 2 tasi milliy va 1 tasi hududiy loyiha ekanligi taʼkidlandi. Loyihalar atrof-muhitni muhofaza qilish, yerlarni tiklash, O‘zbekistonning qimmatli landshaftlari ekotizimlarini yaxshilash va iqlim o‘zgarishi sharoitida barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, insoniy va institutsional salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan.

“Biz O‘zbekiston hukumatiga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston boy bioxilma-xillik va madaniy merosga ega bo‘lganligi sababli dunyoning juda muhim qismidir. Shunday ekan, bunday davlat bilan hamkorlik qilish biz uchun katta sharaf, - dedi doktor Gretel Agilar. - Shuningdek, yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash toʻgʻrisidagi konvensiyada (CMS COP14) ishtirok etishni intiqlik bilan kutamiz. IUCN butun dunyo bo'ylab hayvonlarni himoya qilish, xususan, yo'qolib ketish xavfi ostida turgan turlarning Qizil ro'yxati va muhofaza qilinadigan hududlarni saqlash borasida juda ko'p ishlarni amalga oshiradi. Eng muhimi, biz IUCN ning O‘zbekistondagi Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi ochilish kunini bu quvonchli lahzalarni o‘zbek xalqi bilan baham ko‘rish uchun intiqlik bilan kutmoqdamiz. Shu bois ushbu tadbir biz uchun juda muhim va O‘zbekiston hukumatiga bizni qo‘llab-quvvatlab, nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorga aylangani uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz”.

Bundan tashqari, uchrashuvda tabiatni muhofaza qilish va boshqarish rejalarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish, IUCN metodologiyasiga muvofiq yangilangan O‘zbekistonning yangi Qizil kitobini nashr etish, tashkilot mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Bonndagi Atrof-muhit huquqi markazi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boshqaruvni takomillashtirish bo'yicha hamkorlik masalalariga e'tibor qaratildi.

Qolaversa, Markaziy Osiyoda birinchi IUCN vakolatxonasini ochish masalasi ham muhokama qilindi.

“Bu oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi. Kelajakda bu idora MDH mamlakatlari uchun Markaziy Osiyoda markaz boʻlib xizmat qilishi mumkin, chunki vakolatxona Markaziy Osiyo davlatlari, hamkorlar va ekspertlar hamjamiyatlari bilan yaqinroq aloqa oʻrnatish imkonini beradi”, — deya qoʻshimcha qildi vazir.

IUCNning Toshkentdagi vakolatxonasining ochilish marosimi kelgusi yilning fevral oyida boʻlib oʻtadigan Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash boʻyicha konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari tomonlar konferensiyasining 14-yigʻilishi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. COP14 davomida IUCN pavilyoni, qoʻshma tadbirlar va koʻrgazmalar ham tashkil etiladi.

IUCN kelgusi yilda muhim ekologik konferensiyalar, jumladan, Abu Dabida 2024-yil 9-15-oktyabr kunlari Butunjahon tabiatni muhofaza qilish kongressi (WWC), Bryugge (Belgiya)da esa 2024-yil 30-sentabrdan 10-oktabrgacha Yevropa, Shimoliy va Markaziy Osiyo uchun tabiatni muhofaza qilish boʻyicha mintaqaviy forum  boʻlib oʻtishi ta'kidladi.

 

Фойдали манбалар