OTB bilan O‘zbekiston uchun 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik strategiyasi muhokama qilindi
12.
12. 2023
12:52
1255
Янгиликлар

Dubaydagi COP28 — BMT iqlim forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti Bosh direktori Yevgeniy Jukov bilan uchrashdi.

Ma’lumot uchun, OTB O‘zbekistonning rivojlanish yo‘lidagi eng yirik hamkorlaridan biridir. Bank yaqin 5 yil davomida O‘zbekistonga iqlim borasidagi islohotlar uchun 1 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston uchun 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik strategiyasi muhokama qilindi. Unga ko‘ra, bank kelgusi 5 yilda iqlim o'zgarishini qo'llab-quvvatlash uchun investitsiyalar kiritishni ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida belgilaydi.

Shu bilan birga, OTB banki yurtimizda loyihalarni amalga oshirishda ko'p yillik tajribaga ega bo'lib, endilikda O'zbekistonda iqlimi va atrof muhitni muhofazasiga yunaltirilgan "yashil" loyihalarga investiciya ajratilishi tarafdori ekanligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Фойдали манбалар