Kasbida 150 ta daraxt qo'porilib, 1 milliard so'mdan ortiq zarar yetkazildi. Hujjatlar prokuraturada
02.
02. 2024
10:24
2788
Янгиликлар

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Kasbi tumanida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi. 

Reyd davomida “To‘palang HPD Holding” MCHJ masʼullari tomonidan "Denov-Novqat" kanalini rekonstruksiya qilish jarayonida kanal qirg‘og‘iga ekilgan jami 150 ta daraxt ildizlari bilan qo‘porilganligi aniqlandi.  
        
Bu bilan “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni talablari buzilgan. Daraxtlarni kesish yoki ko‘chirib o‘tqazish bo‘yicha amaldagi tartiblarga rioya etilmagan va murojaat qilinmagan.

Daraxtlar kesilishi natijasida o‘simlik dunyosiga 1 milliard 165 million 350 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo'ldi. Hujjatlar yetkazilgan zararni undirish hamda aybdorlarga qonuniy chora ko‘rish maqsadida Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga yuborildi.

 

Фойдали манбалар