Toshkent shahridagi sanoat korxonalarida ekologik monitoring o‘tkazilmoqda
09.
02. 2024
15:27
2260
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Toshkent shahrining “Salar”, “Bektemir” va “Bo‘zsuv” oqova tozalash inshootlariga bog‘langan kanalizatsiya tarmoqlariga ishlab chiqarish oqova suvlari chiqarayotgan sanoat korxonalarida ekologik monitoring o‘tkazilmoqda. 

Monitoring Toshkent shahridagi 140 ta sanoat korxonalarini qamrab oladi. Unda korxonalarning suv va suvdan foydalanish bilan bog’liq qonunchilikka qanchalik amal qilayotgani, oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizib yuborishdan oldin zararsizlantirilishi va tozalanishi tekshirilmoqda. 

Shuningdek, korxonalar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, mavjud lokal oqova suv tozalash inshootlari holati, tozalash samaradorligi va belgilangan me’yorlarga rioya etilgani o‘rganilmoqda. 

Monitoring 1-martgacha davom etadi. Maqsad ekologiya, xususan, suv va atmosfera havosining ifloslanishi yo‘l qo‘ymaslik hamda aholining bu boradagi murojaatlarini ijobiy hal qilishdir.

Фойдали манбалар