Ekologiya vazirligida tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglandi
21.
02. 2024
11:38
1765
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va sanitar tozalash korxonalari tadbirkorlik subyektlari vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan soʻnggi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga doir olib borilayotgan qator islohotlar ijrosi yuzasidan soʻz yuritildi.

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishi etib belgilangan. Qolaversa bugungi kunda tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish — eng muhim vazifamizdir” - dedi vazir. “Shu sababli ham Prezidentimiz tomonidan 2024-yilni — “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilindi. Davlat rahbari taʼbiri bilan aytganda “Inson qadrini ulugʻlash, aholimiz manfaatlarini taʼminlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir”.

Yigʻilish davomida chiqindilarni boshqarish va tartibga solish boʻyicha oʻz yechimini kutayotgan mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etishga alohida ahamiyat qaratildi.

Shuningdek, tadbirkorlarning taklif va muammolari birma-bir tinglandi hamda oʻzaro fikr-mulohazalar almashildi. Oʻz navbatida muammolar batafsil oʻrganilishi va ijobiy hal etilishi taʼkidlandi.

Qolaversa, qoʻshimcha muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.

Uchrashuvdan soʻng soha tadbirkorlari Ekologiya vazirligi, vazirlikning Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi hamda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi va Oʻzbekistonda ekologik taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan “Green University” bilan yaqindan tanishtirildi.

Фойдали манбалар