O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston oq laylagiga tibbiy yordam ko’rsatilmoqda
29.
02. 2024
10:28
2262
Янгиликлар

Farg’ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Rishton tuman bo‘limiga tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi fuqaro murojaat qildi. 

U bir oy avval xonadoniga yaralangan laylak qushi kelib qolgani, uni o‘zi yashab turgan uyning hovlisiga olib kelib parvarishlagani va hozirda qushning holati yaxshilangani bois davlat inspektorlariga topshirishini bildirdi.

Farg‘ona viloyat prokuraturasi va Rishton tuman bo‘limi davlat inspektorlari aytilgan manzilga borishganida haqiqatan ham bir dona  O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston oq laylagi parvarish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi. 

Laylakka Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘ining maxsus veterinariya bo‘limida tibbiy yordam ko’rsatilmoqda. To’liq tuzalgach, ochiq tabiatga qo’yib yuboriladi.

Фойдали манбалар