Birlashgan Arab Amirliklari Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.
Delegatsiya vakillari Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi, “Minorai Kalon”, “Labi-Hovuz” va boshqa qator tarixiy majmualar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Buxoro shahri va Sharja Amirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum (birodarlik bitimi) imzolandi.
Delegatsiya a’zolari tashrif davomida Samarqanddagi bir qancha qator tarixiy maskanlar va “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham bo’lishadi. Bundan tashqari, universitet qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasining ochilish marosimida ham ishtirok etishadi.