O‘zbekistonda ekotizimlarni tiklash va saqlash bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
06.
06. 2024
18:52
4274
Янгиликлар

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Anas Fayyod Karman, Global ekologik jamg‘arma (GEF) bosh direktori va raisi Karlos Manuel Rodriges (onlayn), Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy idorasi direktori Oliver Avramovski (onlayn), vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

A. Abduhakimov o‘zining tabrik so‘zida mamlakatimiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ekologik islohotlar haqida gapirib, bu borada qo‘llab-quvvatlayotganlari uchun xorijlik hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.

"Bugun butun mamlakat bo'ylab ekotizimlarning yo'qolib borishi va landshaftlarga notog'ri ta'sir ko'rsatilayotgani kuzatilmoqda. Shu ma'noda ushbu loyiha o'z vaqtida qabul qilingan muhim tashabbus bo'ldi. Biz 6 ta milliy METH va 7 ta davlat oʻrmon xoʻjaligini qamrab olgan 10 ta asosiy biologik xilma-xillik zonalarida Oʻzbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimini METH) mustahkamlash loyihasi qoʻllab-quvvatlanilayotganini olqishlaymiz. Asosoysi, respublika hukumatining  bu sa'y-harakatlari BMTning  O'n yilligi doirasida ilgari surilgan ekotizimlarni tiklash bo'yicha maqsadlariga mos keladi», – dedi vazir.

"Landshaftlarni tiklash va himoyalashni kompleks boshqarish" loyihasi O‘zbekiston tabiiy ekotizimlarini tiklash va barqaror boshqarish, yerlar degradatsiyasi, idoralararo muvofiqlashtirish, biologik xilma-xillik va ekotizimlarni tiklash va saqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq  muammolarga qarshi kurashda yordam berishi bilan ahamiyatlidir.

«BMTTD, IUCN va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi o‘rtasida yanada keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish uchun GEF yondashuvini amalda qo‘llayotganini ko‘rib to'rganimdan benihoya mamnunman. Bu nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida yerlar degradatsiyasi va biologik xilma-xilliklar yo‘qolishining oldini olishga yordam berishi tayin," dedi videomurojaatida Karlos Manuel Rodriges.

Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda O‘zbekiston jahonning nufuzli ekologik tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlamoqda. Jumladan, joriy yilning fevral oyida mamlakatimizda faoliyati yo'lga qo'yilgan Markaziy Osiyo atrof-muhit  va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining vakolatxonasi ochilganligi buning yaqqol dalilidir.

Tadbir davomida ishtirokchilar ushbu loyihaning O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish borasidagi imkoniyatlarni yanada kengaytirishini muhokama qildilar.















Фойдали манбалар