Asosiy vazifalari va yo‘nalishlari

– Er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosi, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;

– o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarining mavjud bo‘lishi, turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

– chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

– chiqindilarni yig‘ish punktlarini tashkil etish, ularni o‘z vaqtida olib chiqish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, chiqindi poligonlarini boshqarish, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etish;

– fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishda hamkorlik qilish.
 

Inspektsiya vazifalarini bajaradigan ish funktsiyalariga ko‘ra yo‘nalishlar

I. Atmosfera havosini muhofaza qilish;

II. Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari (o‘simlik, (o‘rmon ham), hayvonot (baliq ham), muhofaza etiladigan tabiiy hududlar);

III. Suv, yer resurslari va yer ost boyliklarini muhofaza qilish;

IV. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohalarida davlat ekologik nazoratini amalga oshirish.
 

Markaziy apparat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi bo‘limlarining asosiy vazifalari

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiya

Hududiy inspektsiyalar
faoliyatini muvofiqlashtirish
bo‘limi

Xodimlar faoliyatini baholash
va ma’muriy amaliyot
bo‘limi

vazifalari:

hududiy inspektsiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish natijalarini tahlil qilish, faoliyat samaradorligini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;

hududiy inspektsiyalar faoliyatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;

reyd tartibidagi ekologik nazorat ishlariga metodik ko‘maklashish, tegishli hisobotlar, ma’lumotlarni talab etish;

hududlarda va qonunbuzarlik natijasida belgilangan jarima va tabiatga yetkazilgan zararlar summalarini hisoblanishini va undirilishini nazorat qilish.

vazifalari:

yuridik va jismoniy shaxslarni ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarlarni ma’muriy javobgarlikka tortish jarayoni to‘g‘ri qo‘llanilishi, ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yuritilishini nazorat qilish;

hududiy inspektsiya hodimlarining sohaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va uni oldini olish faoliyati samaradorligini baholash;

jarimalar va atrof-muhitga yetkaziladigan zarar summalarilarini undirilishini nazorat qilish;

huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va profilaktika tadbirlarida ko‘maklashish.