Атроф-муҳит мониторинги
  • Faoliyat haqida
  • Funksiya va vazifalar
  • Xizmatlar
  • Qonunchilik

Faoliyat haqida 

1. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi — atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning ekologik holatini baholash, salbiy jarayonlarning oqibatlarini prognoz qilish bartaraf etish maqsadida atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik komponentlarining holatini, ularning ifloslanish va antropogen faoliyatning boshqa zararli ta’sirlari (jarayonlari) tufayli o‘zgarishini hamda tabiiy resurslardan foydalanishni tasdiqlangan dastur bo‘yicha muntazam kuzatish tizimi;

– monitoring ob’ektlari — atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik tarkibiy qismlari va tabiiy resurslardan foydalanish, shuningdek, tabiiy muhitga ta’sirning tabiiy, texnogen va tabiiy-texnogen omillari hamda manbalari;

– atrof tabiiy muhit monitoringi tizimi — atrof tabiiy muhitning davlat va ishlab chiqarish monitoringidan iborat bo‘lgan muntazam kuzatishlarning o‘zaro bog‘liq tizimi;

– Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi — atrof tabiiy muhitning holati va ifloslanish manbalari to‘g‘risidagi axborotni geografik ma’lumotlar hamda zarur ob’ektlar haqida ular bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni grafik vizuallashtirish orqali GIS-texnologiyalar asosida to‘plash, tahlil qilish va saqlashning elektron tizimi;

– atrof tabiiy muhitning ishlab chiqarish monitoringi — atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladigan atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining bir qismi hisoblangan monitoring;

– atrof tabiiy muhit — tabiiy va sun’iy ob’ektlar, shu jumladan atmosfera havosi, Yerning ozon qatlami, yer usti va yer osti suvlari, yer, yer qa’ri, o‘simlik va hayvonot dunyosi;

– atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish — atrof tabiiy muhitni saqlash va tiklashga, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi;

– fon monitoringi — sanoat va xo‘jalik faoliyati ob’ektlaridan olisda bo‘lgan, insonning aralashishiga minimal darajada jalb etilgan hududlarga barcha atrof tabiiy muhit ob’ektlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudlik darajasi bo‘yicha qo‘riqlanayotgan tabiiy hududlarda joylashgan statsionar kuzatish punktlarida (postlarda) amalga oshiriladigan uzoq muddatli tizimli kuzatishlar;

– maxsus vakolatli davlat organlari — atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish yuklatilgan davlat boshqaruvi organlari;

– statsionar kuzatish punkti (post) — atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari namunalarini muntazam olish va keyinchalik kimyoviy tahlil qilish uchun mo‘ljallangan priborlar va uskunalar, shu jumladan, avtomatik stantsiyalar o‘rnatilgan yer uchastkasini o‘z ichiga olgan, atrof tabiiy muhitning holatini va unga ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarini oldindan tadqiq etish asosida tanlangan joylarda joylashgan kompleks.
     

2. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi  faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” qonunining 28-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 737-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizom” talabalari asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslarini kuzatish, hisobga olish, ularga baho berish va ularning istiqbolini belgilashni ta’minlash maqsadida atrof-muhitning davlat monitoringi tizimi tashkil etiladi.

Atrof tabiiy muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish ustidan kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek faoliyati atrof tabiiy muhitning holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof muhit monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan — atmosfera havosi, yer usti suvlari va tuproq ifloslanishi manbalari monitoringi, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda o‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan — atmosfera havosi ifloslanishi, yer usti (tabiiy suv oqimlari) suvlar, tuproq ifloslanishi va fon monitoringi bo‘yicha;

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan — asosiy kollektorlarning kollektor-drenaj va meliorativ quduqlar suvlarining sifat tarkibi monitoringi bo‘yicha;

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan — qishloq xo‘jaligi yerlarining ifloslanishi, shuningdek tabiiy yaylovlar o‘simliklarining monitoringi bo‘yicha;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan — yer osti suvlari ifloslanishi va xavfli geologik jarayonlar monitoringi bo‘yicha;

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan — o‘rmon fondi yerlaridagi, shuningdek, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufidagi boshqa ob’ektlardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi bo‘yicha;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan — atrof tabiiy muhitning sanitariya-gigienik monitoringi bo‘yicha amalga oshiriladi.
 

Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

– atmosfera havosi, yer usti suvlari va tuproq ifloslanishi (emissiya) manbalari monitoringi;

– atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi;

– yer usti suvlari ifloslanishi monitoringi;

– kollektor-drenaj suvlarining sifat tarkibi monitoringi;

– yer osti suvlari ifloslanishi monitoringi;

– xavfli geologik jarayonlar monitoringi;

– yerning ifloslanishi monitoringi;

– o‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi;

– atrof-tabiiy muhitning sanitariya-gigienik monitoringi;

– fon monitoringi.

Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi bo‘yicha ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan va kamida 5 yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladigan Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi dasturi bo‘yicha o‘tkaziladi.

Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi maxsus tashkil etilib, muntazam o‘tkaziladigan tabiiy muhit holatini kuzatishlarni (miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash, namunalarni olish, ularni tahlil qilish, punktlarda kuzatish, suratga olish, tekshirish, tadqiqotlar o‘tkazish va masofadan turib kuzatishni) hamda:

– atrof tabiiy muhitga ta’sir manbalarining holati;

– atrof tabiiy muhitga ta’sirning fizik, kimyoviy, geologik va biologik jarayonlari va omillari;

– atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproq va geologik muhit ifloslanishi darajasining holati;

– o‘simlik va hayvonot dunyosining holati, turli antropogen va tabiiy omillar ta’siri ostida ularning o‘zgarishi (transformatsiyasi) jarayonlaridagi o‘zgarishlarni aniqlashni, baholashni va prognozlashni o‘z ichiga oladi.

Atrof tabiiy muhitning holatini baholash izchil (davriy va joriy) kuzatishlarni, o‘zgarishlarning yo‘nalishi va intensivliligini umumlashtirish va tahlil qilish, olingan ko‘rsatkichlarni atrof tabiiy muhitning sifat holati normativlari bilan taqqoslash yo‘li bilan va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik zararni hisobga olgan holda bajariladi.

Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi bazasida shakllantiriladi. Markaz maxsus vakolatli davlat organlari hamda atrof tabiiy muhitning idoraviy monitoringini olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar to‘planishi, saqlanishi, qayta ishlanishi va tahlil qilinishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi:

Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi orqali:

– barcha idoraviy axborot tizimlari bilan axborot bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;

– atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasi va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni integratsiyalashtiradi va tahlil qiladi;

– atrof tabiiy muhit monitoringi bo‘yicha davlat dasturlari bajarilishini, ularga tuzatish kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqilishi va umumlashtirilishini nazorat qiladi;

– respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalar doirasida ekologik vaziyatning o‘zgarishlarini prognozlashtiradi, atropogen faoliyat natijasida tabiiy muhitga yetkaziladigan zararni baholaydi;

– tabiatdan foydalanishni boshqarishni, tabiiy resurslarni muhofaza qilishni va ekologik nazoratni axborot bilan ta’minlaydi;

– aholi va jamoatchilikni ekologik vaziyat to‘g‘risida xabardor qiladi.
 

Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidag tahlil laboratoriyalarning moddiy-tehnik ta’minoti to‘g‘risida ma’lumot:

1. Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi tahlil laboratoriyalarning moddiy texnika ta’minoti qoniqarsiz va ushbu sababli Qo‘mitaga yuklatilgan vazifalarni to‘liq va samarali bajarishga imkoniyat mavjud emas:

- tizimda jami 497ta turli hil nazorat-o‘lchov asbob-uskunalari bilan jihozlangan, biroq ulardan 30,5 foizi (141 ta) 1991 yilga qadar, 34 foizi (157) esa 2000 yilga qadar ishlab chiqarilgan bo‘lib ma’nan eskirgan. Mavjud bo‘lgan nazorat-o‘lchov asbob-uskunalarning 31 foizi (154ta) yaroqsiz holda;

Ma’lumot uchun: Andijon viloyatida 10 ta asbob uskunadan 9 tasi (TSentrofuga, «Kvant-9», Vakuumnыy nasos NVK, Gazoanalizator GIAM-15 va boshqalar ), Buxoro viloyatida 9 tasidan 8 tasi (Distillyator 17257, Vыtyajnoy shkaf, KFK -3, Kvant-9M, Gazoanalizator GA-SO va boshqalar), Toshkent viloyatida 9 tadan 6 tasi (KFK-3, «META-01MP», Gazoanalizator «Avtotest-01.02M» va boshqalar) umuman yaroqsiz holatda.

2. Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi (Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat Markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limlari (tahliliy laboratoriyalar)ning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash uchun 2017-2019 yillar davomida jami 6 772,4 mln.so‘m sarflandi, shundan 1 616,7 mln.so‘m mablag‘ laboratoriyalar uchun yangi asbob-uskunalari hamda 5 155,7 mln.so‘m Laboratoriyalar 11 ta transport vositalari (DAMAS avtomobili) bilan ta’minlandi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 28 oktyabrdagi 24509-xx-son topshirig‘iga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “TSement ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” 2020 yil 14 apreldagi 223-son qarori bilan “2020 — 2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi tahliliy laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Mazkur ko‘rsatkichlar “2020-2023 yillarga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi tahlil laboratoriyalarning moddiy texnika ta’minotini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha DASTUR” Qo‘mita raisi tomonidan 2020 yilning 15 may kuni tasdiqlanib ijroga qaratildi.

Ushbu dasturga muvofiq (2020 yil davomida 10 563,2 mln. so‘m (4 562.7 mln.so‘m grant, 6000.5 mln. qo‘mita mablag‘i), 2021 yil 23 011,6 mln.so‘m (byudjetdan 17 70,5 mln.so‘m, 3 477,8 mln.so‘m grant va 1 963,3 mln.so‘m qo‘mita), 2022 yil uchun 23 832,6 mln.so‘m (byudjet 17 714,7 mln.so‘m, 4 336,0 mln.so‘m grant va 1 781,9 qo‘mita) va 2023 yilda 21663,7 mln.so‘m (byudjet 17 734,7 mln.so‘m, 2 152,6 mln so‘m va qo‘mita 1 777,3 mln so‘m) jami bo‘lib 79 711,1 mln.so‘mlik Qo‘mita tarkibidagi tahlil laboratoriyalarning moddiy-texnika ta’minotini rivojlantirishga yo‘naltirilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun: Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi tahliliy laboratoriyalarning moddiy texnika ta’minotini yaxshilash maqsadida 2020 yilda “Orol dengizi havzasi uchun iqlim o‘zgarishini moslashtirish va kamaytirish Dasturlari” (CAMP4ASB) doirasida qiymati 731 000 AQSh dollari miqdoridagi “Mercedes Benz Sprinter” rusumli 2 ta mobil ekologik laboratoriyalari;

Birlashgan Arab Amirliklari Dubay Amirligi Hukumatining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi texnik ko‘mak kelishuviga asosan 2018 yil 27 iyunda Qo‘mita bilan tuzilgan shartnomasi bo‘yicha qiymati 319 662,0 AQSh dollari miqdorida 16 xildagi 34 dona (157 526,0 AQSh dollari miqdordagi 3 xildagi 14 dona hamda 162 136,0 AQSh dollari miqdordagi 13 xildagi 20 dona) laboratoriya jihozlari (jami qiymati 1 050 662,0 ming AQSh dollarlik) qabul qilindi.
 

Hozirgi vaqtda atrof tabiiy muhit monitoringi 390 ta sanoat korxonalarida, 68 ta yer usti suv oqimlari punktlarida, 87 ta suv tashlama kollektorlarida, 1694 ta yer osti suvi quduqlarida, 74 ta buloqlarda va 61 ta atmosfera havosini kuzatish postlarida olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgust kungi 273-son qarori bilan “2016 — 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5 yillik dasturi asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga muvofiq Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan holda “Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarida davlat ekologik monitoringi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxati” shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi (2019 yil 28 yanvardagi 48-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanib 2019 yil 1 fevraldan ijroga qaratilgan ro‘yxat hamda 2020 yil 24 iyundagi 169-son buyrug‘i bilan tasdiqlanib 1 iyuldan ijroga qaratilgan) tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarida davlat ekologik monitoringi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar statsionar manbalaridan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi monitoringi bo‘yicha manbalar 264 tadan 309 taga (har oyda), oqova hamda yer usti suvlarini ifloslantirish manbalarida monitoring bo‘yicha manbalar 171 tadan 208 taga (har chorakda) hamda va tuproq ifloslanishi manbalarida davlat ekologik monitoringi bo‘yicha manbalar 123 tadan 128 taga (yilda ikki marotaba bahor va kuz fasllarida) monitoring o‘tkaziladigan jami sub’ektlar 452 tadan 548 taga, ob’ektlar soni 558 tadan 645 taga oshirildi.

2020 yilning 9 oylik yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limlari (tahliliy laboratoriyalar) tomonidan dastur rejasi bo‘yicha jami – 645 ta korxonalarning 577 tasiga - 4029 ta manbalarida analitik nazorat ishlari amalga oshirilib shundan, tuproqni ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha 119 ta, oqova suvlarni nazorati bo‘yicha 176 ta va atmosfera havosiga tashlama manbalar monitoringi bo‘yicha 282 tani tashkil etadi.

Tahlil natijalariga ko‘ra 2020 yilning 9 oy davomida 277 ta manbalarida atrof tabiiy muhitni ruxsat etilgan me’yordan ortiq ifloslantirish holatlari aniqlanib, qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash haqida qaror qabul qilish uchun hududiy inspektsiyasilariga sinovlar bayonnomalarining nusxalari taqdim etilishi natijasida monitoring amalga oshirilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan 8 068,9 mln.so‘m (31,4 mln. so‘m jarima va 8 037,5 mln. so‘m qo‘shimcha kompensatsiya) jarima va qo‘shimcha kompensatsiya hisoblanib(2019 yil shu davrida 3,6 mln.so‘m jarima va 1 092,8 mln.so‘m kompensatsiya belgilangan) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jarima 872,2%ga yoki 27,8 mln.so‘mga va kompensatsiya to‘lovi 735,5%ga yoki 6 944,7 mln.so‘mga oshirilishiga erishildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limlari (tahliliy laboratoriyalar) tomonidan joriy yilning 9 oyligida yillik yakunlari bo‘yicha atrof muhitni ifloslantiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning jami 1609 ta ob’ektlarda, shundan, dastur rejasi bo‘yicha – 645 ta ob’ektdan 577 tasiga, dasturdan tashqari 1032 ta ob’ektlarda jami bo‘lib 6897 ta manbalarda davlat ekologik monitoringi o‘tkazildi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha:

– atmosfera havosi ifloslanishi bo‘yicha – jami 569 ta ob’ektlarning3743 ta manbalarida;

– oqova suvlar ifloslanishibo‘yicha – jami 801 ta ob’ektlarning
2363 ta manbalarida
;

– tuproqni ifloslanishini bo‘yicha – 222 ta ob’ektlarning791 ta manbalarida davlat ekologik monitoringi amalga oshirildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra korxonalarning 334 ta manbalarida atrof tabiiy muhitni ruhsat etilgan me’yordan ortiq ifloslantirish holatlari aniqlanib, qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash haqida qaror qabul qilish uchun hududiy inspektsiyasilariga sinovlar bayonnomalarining nusxalari taqdim etilishi natijasida monitoring amalga oshirilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan 8 652,6 mln.so‘m (32,0 mln. so‘m jarima va 8 620,6 mln. so‘m qo‘shimcha kompensatsiya) jarima va qo‘shimcha kompensatsiya hisoblanib (2019 yil shu davrida 3,6 mln.so‘m jarima va 1 092,88 mln.so‘m kompensatsiya belgilangan) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jarima va kompensatsiya to‘lovi 789,1%ga yoki 7 556,1 mln.so‘mga oshirilishiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi atrof tabiiy muhit davlat monitoringining asosiy vazifalari

– atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini, shuningdek, antropogen ta’sirlar ostida unda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatishni tashkil etish va yuritish;

– atrof-muhitning ifloslanishi darajasini baholash va prognoz qilish;

– atrof tabiiy muhit holatini baholash, shuningdek, uning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy jarayonlar rivojlanishini aniqlash va prognoz qilish;

– respublikaning asosiy biomlari va eko tizimlari turlari bo‘yicha o‘simlik va hayvonot dunyosining biologik xilma-xilligini, ularning joriy holatini va tabiiy hamda antropogen omillar ta’siri ostidagi tendentsiyalarni baholash;

– aniqlangan salbiy jarayonlar, shuningdek, ularning aholi sog‘lig‘iga va atrof tabiiy muhitga ta’sirining oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

– atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va davlat kadastrlarini yuritish sohasida davlat hokimiyati organlarini tezkor axborot bilan ta’minlash;

– atrof tabiiy muhitning holati to‘g‘risida yagona davlat ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

– aholini atrof tabiiy muhitning joriy holati to‘g‘risida xabardor qilish.
 

Atrof muhit ifloslanishini monitoringi faoliyatini to‘laqonli amalga oshirish maqsadida asosiy vazifalar

 1. Atrof tabiiy muhit monitoringini amalga oshirish, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlarning faoliyati bo‘yicha:

“2021-2025 yillarga muljallangan O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi” loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari tahlil laboratoriyalari hamda Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida analitik nazoratga ixtisoslashgan markaz faoliyati sohasida:

Tahliliy laboratoriyalarni zamonaviy nazorat-o‘lchov jihozlari, o‘lchov asboblari bilan jihozlash, maxsus transport vositalari bilan ta’minlash;

Tahliliy laboratoriyalarni yangi Davlat standarti (O’z DSt ISO/IEC 17025:2019) talablariga muvofiq Uzstandart agentligida akkreditatsiyadan o‘tkazish choralarni ko‘rish.

3. Atrof muhit monitoringini amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalar (Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi) joriy etish, shuningdek atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilishi sohasida:
          
Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasini tashkil kilish, bunda idoralararo integralashuvi va axborotlarning tezkorlik bilan ayirboshlash tashkil etiladi hamda monitoring kuzatuvlari uzluksiz real vaqt rejimida olib boriladi, avariyaviy holatlar kuzatilganda tezkor choralar ko‘rilib aholiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan ziyonning oldi olinadi.

Atrof tabiiy muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlar tomonidan avtomatik stantsiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlarini tashkil qilish va bu orqali ushbu stantsiyalarni yagona tizimga ulagan holda sanoat korxonalarning salbiy ta’sirini prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan barvaqt choralarni ko‘rish;
 

 

 Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini belgilovchi normativ huquqiy hujjatlar:

– O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” qonunining 28-moddasi;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-sonli Farmoni;

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 737-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizom”;

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2016 — 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida» 2016 yil 23 avgustdagi 273-son qarori;

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Radiatsiyaviy avariyalarni progonoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 15 oktyabr, 869-son qarori.

           

  • Харита
  • Ximoyalangan tabiiy hudud
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Aloqalar

Atrof–muhit ifloslanishini muvofiqlashtirish va monitoringi boshqarmasi
   

Boshqarma boshlig‘i

Sobirov
O‘lmas Aliqulovich

(+988) 71 207 07 70
(ichki raqam 4444#)
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Karaev
Aleksey Viktorovich
(+998) 71 207 07 70
(ichki raqam 1047#)
Bosh mutaxassis Kalimbetov
Azizjon Allamberganovich
(+998) 71 207 07 70
(ichki raqam 1046#)
Bosh mutaxassis Fayzullaeva
Malika Nigmatulla kizi
(+998) 71 207 07 70
(ichki raqam 1046#)