- Yangiliklar
- Vazirlik haqida
- Huquqiy faoliyat asoslari
- Vazirlik funktsiyalari va vazifalari
- Vazirlik tarixi
- Rahbariyat
- Vazirlik tarkibi
- Tenderlar
- Yoshlar siyosati
- Bo‘sh ish o‘rinlari
- Faoliyat ko‘rsatkichlari
- Jamoatchilik kengashi
- Vazirlik Hayat yig‘ilishi
- Xalqaro aloqalar
- Elektron hukumat
- Ma'naviyat va ma'rifat
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Green University
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Ochiq ma'lumotlar
- Faoliyat ochiqligi yuzasidan ochiq ma’lumotlar
- Byudjet to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar
- Umumiy ochiq ma’lumotlar
- Ochiq ma’lumotlarni joylashtirishga mas’ul shaxslar
- Davlat dasturi ijrosi to‘grisida
- Berilgan ekologik ekspertizasi xulosalari
- Jamoatchilik eshituvi
- Yashil bog‘lar
- Ichki audit bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar
- Axborot xizmati
- Xizmatlar
- Aloqalar
- COP14
-
Faoliyat haqida
-
Funksiya va vazifalar
-
Xizmatlar
-
Qonunchilik
Faoliyat haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, respublika hududida rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash majburiy hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanib, davlat ekologik ekspertizasi qo‘mita tarkibidagi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 oktyabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3956-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tarkibida davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat unitar korxonalari 100 foiz davlat ulushi hisobidan ta’sis etilgan.
O‘zbekistonda davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish bundan 23 yil avval, ya’ni 1997 yili joriy etilgan. Aytish kerakki, o‘tgan yillar davomida ushbu yo‘nalishda ko‘plab samarali ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DUK tomonidan 2006 yildan 2020 yilga qadar atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I, II, III, IV-toifalariga mansub bo‘lgan korxona va tashkilotlarning 18 043 tasiga ijobiy xulosalar taqdim etilgan, 4 269 tasiga esa xulosalar qayta ishlash uchun qaytarilgan.
Funktsiya va vazifalar
Davlat ekologik ekspertizasining asosiy funktsiyasi rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda faoliyatni amalga oshirish mumkinligini aniqlashdan iborat.
Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifalaridan biri atrof tabiiy muhit va aholining hayoti va sog‘ligiga xavfli va zararli ishlab chiqarish va xo‘jalik ob’ektlarining ta’sirlarini oldini olish, bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari davlat ekologik ekspertizasini tashkil qiladi va o‘tkazadi, davlat va jamoat ekologik ekspertizasi bo‘yicha normativ-texnik va ko‘rsatma-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Shuningdek, atrof muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha xulosalar beradi, davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi, davlat tomonidan atrof-muhitga ta’sirni baholash, tahlil qilish va o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda uslubiy yordam ko‘rsatadi.
Xizmatlar
Davlat ekologiya qo‘mitasi tarkibidagi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I, II, III va IV toifalariga mansub faoliyat turlarini ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash, atrof muhitga ta’sir ko‘rsatish materiallari yuzasidan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarini tayyorlash va taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 541-son qarori 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 541-son qarori ijrosidan kelib chiqib 2020 yilning 1 oktyabridan Davlat ekologiya qo‘mitasining www.eco-service.uz veb-sayti orqali davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishning elektron hujjat almashinuvining yagona tizimi ishga tushirildi. Mazkur yagona tizimga hududiy davlat ekologik ekspertizasi markazlari integratsiya qilinib, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifasiga mansub, ya’ni mahalliy ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat turlari bo‘yicha elektron anketa shaklida arizani to‘ldirish dasturiy yechimlar amalga oshirildi. Ushbu yangilik hisobiga buyurtmachilarga shaxsiy kabinetida tegishli yo‘riqnomaga amal qilib, oson, qiyinchiliksiz davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun arizani yuborishiga barcha dasturiy qulayliklar yaratildi.
Qonunchilik
Davlat ekologiya qo‘mitasi tarkibidagi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari o‘z faoliyatini korxona to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertizasi to‘g‘risida”gi va «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 oktyabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3956-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2020 yil 7 sentyabrdagi 541-son, “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017 yil 21 yanvardagi 1-son qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
-
Харита
-
Ximoyalangan tabiiy hudud
-
Ochiq ma'lumotlar
-
Aloqalar
«Davlat ekologik ekspertizasi markazi» DUK
Bosh direktor | Muxamedov G‘ayrat Aminovich | 71 203 00 22 Ички рақам 1000 |
Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari | Aytmuratov Timurlan Paraxatovich | 71 203 00 22 Ички рақам 1001 |
Bosh direktor o‘rinbosari | Shi-Syan Vyacheslav Viktorovich | 71 203 00 22 Ички рақам 1002 |
Bosh direktor yordamchisi | Nurulloev Barakabek Toxir o‘g‘li | 71 203 00 22 Ички рақам 1005 |
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish boshqarmasi | ||
Boshqarma boshlig‘i | Vakant | |
Axborot-tahlil va hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi | ||
Bo‘lim boshlig‘i | Vakant | |
Ijro intizomi va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘limi | ||
Bo‘lim boshlig‘i | Mirzaliyev Mirjalol Mirg‘ani o‘g‘li | 71 203 00 22 Ички рақам 1012 |
Monitoring bo'limi | ||
Bo‘lim boshlig‘i | Yuldashev Axror Adxamovich | 71 203 00 22 Ички рақам 1009 |
Strategik ekologik baholash va metodologiya boʻlimi | ||
Bo‘lim boshlig‘i | Vakant | |
Ekologik audit faoliyatini muvofiqlashtirish va loyiha tashkilotlarni reytingni yuritish boʻlimi | ||
Bo‘lim boshlig‘i | Farmonov Durbek Raxmatulloyevich | 71 203 00 22 Ички рақам 1007 |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi | ||
Bo‘lim boshlig‘i | Xakimov Aminjon Mamirjonovich | 71 203 00 22 Ички рақам 1020 |