2020 yil 17 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov va Osiyo taraqqiyot banki missiyasi rahbari Rouyu Hu o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida 2020-2024 yillar davomida «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Loyiha doirasida chiqindi tashish maxsus texnikasi, ekskavator, mobil xizmat ko‘rsatuvchi avtotransport vositalari, mobil laboratoriya, chiqindi konteynerlarini xarid qilish va servis markazlarini qurish belgilangan. Loyihaning umumiy qiymati 112,0 mln AQSh dollari.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati