Toshkent. Butunjahon tozalik kuni
19.
09. 2020
15:42
6038
Yangiliklar

#WorldCleanUpDayUzb Butunjahon tozalik kuni (WorldCleanUpDay) g‘oyasi dastavval 2008 yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashdilar.

Bugungi kunga kelib mazkur kun ko‘ngillilarning bir kun davomida 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakatiga aylandi.

Mazkur o‘tkazilayotgan ekologik aktsiyani O‘zbekiston ekologik partiyasi, «Carrefour» xalqaro brendi ostidagi super va gippermarketlar tarmog‘i, «Meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi, «Ekomaktab» NNT qo‘llab – quvvatladi.

Mazkur aktsiya butun respublika bo‘ylab tashkil etilmoqda.

Aktsiya Toshkent shahrining Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlarida tashkil etildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar