Buxoro viloyati. Baliq ovlovchilar qo‘lga olindi
23.
09. 2020
16:21
6294
Ekanadzor

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Olot tuman inspektsiyasi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd davomida Olot tuman «Kirlishon» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Dengizko‘l» tumanlararo kollektoridan 5 nafar fuqaro elektr toki yordamida noqonuniy ravishda baliq ovlayotgan vaqtda tuman inspektorlari tomonidan to‘xtatildi.

Fuqarolardan tegishli tartibda 4 dona eshgak, 1 dona nasos, 2 dona qo‘l bola usulda yasalgan elektro qarmok, 1 dona akkumulyator, 2 dona sachok, 2 dona rezina qayiq hamda jami 162 dona baliq ashyoviy dalil sifatida olib kuyildi. Hujjatlar rasmiylashtirildi.

Fuqarolar harakatida jinoyat alomatlari borligi sababli meteriallar o‘rnatilgan tartibda tuman IIBga topshirildi. Dastlabki tergov jarayoni davom etmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar