Surxondaryo viloyatida «Yashil Vatanim» daraxt ekish aktsiyasiga start berildi
21.
11. 2020
13:39
5574
Yangiliklar

Vohada kuz va bahor mavsumlarida ko‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida «Yashil Vatanim» aktsiyasiga start berildi.

Termiz shahrida ko‘chat ekish oldidan tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi To‘ra Bobolov va boshqalar mamlakatimizda tabiat boyliklarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritishdi.

Mazkur aktsiya doirasida viloyat bo‘yicha 17 million 993 ming dona daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Uning 1 million 54 ming donasini Termiz shahridagi mahallalar, guzar va hiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, markaziy ko‘chalar atrofiga ekish ko‘zda tutilgan.

«Yashil Vatanim» aktsiyasining birinchi kunida Termiz san’at saroyi, «Fidokor», «Shifokor», At-Termiziy, Ibn Sino, Islom Karimov nomli ko‘chalar atrofiga dastlabki 10 ming dona manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishga kirishishdi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar