Davlat Ekologiya qo‘mitasi raisi Qoraqalpog‘iston respublikasiga tashrif buyurdi
09.
12. 2020
19:03
6427
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mita raisi A.Maqsudov Qoraqalpog‘iston respublikasiga safarini Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida davom ettirdi. Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining umumiy yer maydoni 68 717,8 gektarni tashkil etib, bu yerlar Beruniy va Amudaryo tumanlarida joylashgan. Shundan 11 568,3 gektar qo‘riqxona zonasidan iborat bo‘lib, u qat’iy rejimda muhofaza qilinadigan hudud hisoblanadi. Ushbu hudud tabiat ob’ektlari va komplekslarini to‘liq saqlab qolish, ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borish uchun mo‘ljallangan.

Rezervat “Baday to‘qay” qo‘riqxona bo‘limi hududida 1200 boshdan ortiq O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘usi mavjud. Davlat ekologiya qo‘mita raisi safari davomida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar