Axborot saytlari tomonidan tarqatilgan «Navoiyda 13 mingdan ortiq yovvoyi hayvonlar noqonuniy ovlanganligi aniqlandi» mavzusidagi axborotiga rasmiy munosabat
13.
12. 2020
10:09
5615
Ekanadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi «Navoiyda 13 mingdan ortiq yovvoyi hayvonlar noqonuniy ovlanganligi aniqlandi» mavzusidagi axborot ayrim axborot saytlarida noto‘g‘ri talqin qilinganini ma’lum qiladi.

Xususan, Navoiy viloyatida 13 mingdan ortiq yovvoyi hayvonlar noqonuniy ovlanmagan. Ya’ni, o‘tkazilgan tekshiruvda «O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi» Navoiy viloyat bo‘limi mansabdorlari Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan berilgan kvota doirasidan chetga chiqib, ovchilarga ruxsatnomalar berilganligi natijasida jami 13 676 bosh yovvoyi hayvonlarning noqonuniy ovlanishiga imkoniyat yaratilganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining toshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti va Botanika instituti, Davlat moliya nazorati departamenti xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarori ijrosi yuzasidan Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda «O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi» Navoiy viloyat bo‘limida tekshirish o‘tkazilgan.

Tekshirish davomida «O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi» Navoiy viloyat bo‘limi tomonidan berilgan jami ov yo‘llanmalarining 1707 tasida ovchilar tomonidan ov yo‘llanmasi ov tugaganidan so‘ng qaytarilishi belgilangan bo‘lsa-da, qaytarilmagan. Bunday holatlarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 90-moddasi 1-qismiga asosan huquqbuzarlik nazarda tutilgan. Davlat Ekologiya qo‘mitasi tomonidan 1707 ta ma’muriy huquqbuzarlik holatlariga aniqlik kiritish maqsadida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur holatlar o‘rganilib tegishli choralar ko‘riladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar