Millatimiz azal-azaldan mehr-oqibatli bo‘lib kelgan. Yiqilganni suyash, ko‘makka muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish azaliy odatlarimizdan biridir. «Yangi yil» bayrami munosabati bilan Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Razzokov Ulug‘bek Raxmatillaevich Navoiy shahridagi «Mehribonlik uyi»dagi bolajonlarning holidan manzilli xabar olindi. Bayram munosabati bilan Mexribonlik uyi bolajonlariga bir bosh kichik mol berilib qur’oni tilovat o‘qildi va bayram bilan tabriklab, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mexribonlik uyidagi bolajonlarning ezgulikga yo‘g‘rilgan hissiyot qo‘rg‘oni - yuragi urib turar ekan, yaxshilik va ezgulik qilishdan, mehr-saxovat ulashishdan biz tashkilot rahbarlari hech qachon charchamaylik.
Shuningdek «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchi bolajonlari ishtirokida kontsert dasturi ham tashkil etildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati