Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va muhokamalarga sabab bo‘layotgan Qarshi shahri Buyuk Turon ko‘chasidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat
19.
01. 2021
11:26
6770
Ekanadzor

Kuni kecha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi Buyuk Turon ko‘chasida minglab daraxtlarning qo‘porilayotganligi tasvirlangan video hamda xabar yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi hamda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari holatni o‘rganish uchun bevosita bayon etilgan manzilga chiqdilar.

O‘rganish davomida Qarshi shahar hokimining qaroriga asosan ajratilgan 10 gektar er maydonida Kichik sanoat zonasi tashkil etilayotgan bo‘lib, mazkur hududdagi 2 874 tup har xil turdagi daraxtlar davlat raqami 555 SA 70 ekskavator texnika vositasi yordamida ildizi bilan qo‘porilganligi aniqlandi va holat yuzasidan dalolatnoma tuzildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Qarshi shahar Qurilish bo‘limining 2020 yil 23 noyabrdagi Qarshi shahar “Buyuk Turon” MFY, Buyuk Turon ko‘chasida tashkil etilayotgan “Kichik sanoat zonasi” hududidagi ekinzor va daraxtlarni tag qismidan olib tashlash to‘g‘risidagi murojaatga javoban Qarshi shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi tomonidan daraxt va butalarni kesish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan holda, daraxt va butalarni kesishga ruxsat berilmagan.

Shu bilan birga ajratilgan 10 gektar yer maydonida tashkil etilayotgan Kichik sanoat zonasi bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasining ekologik hulosasi olinmaganligi aniqlandi.

Ayni damda yuqoridagi holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar