Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri "Beruniy" ko‘chasida qurilish ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan ushbu hududdagi daraxtlarga shikast yetkazilish ehtimoli borligi yuzasidan joylashtirilgan habar yuzasidan Samarqand shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi nazorat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, mazkur manzilda haqiqatan ham ham ta’mirlash va qurilish ishlari olib borilmoqda. Biroq, daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanmadi.
Shuningdek, ushbu hududda qurilish ishlarini amalga oshirishga kirishgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-sonli Farmoniga muvofiq respublikada davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy etilganligi hamda hududdagi mavjud daraxtlarni kesmaslik va shikast yetkazmaslik yuzasidan ogohlantirish berildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati