Qashqadaryo viloyati. Qing‘ir  ishning qiyig‘i qirq kunga qolmasdan chiqdi!
05.
03. 2021
12:01
5159
Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hududida joylashgan «Binokor xalq iste’moli mollari va qurilish materiallari» MChJga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi hududida qurilish fundamentlari qo‘yilgan joyda xar xil turdagi, xususan 10 tup eldor qarag‘ayi, 3 tup vergin archasi, 2 tup shumtol va 1 tup  o‘rik daraxti tag qismidan kesib tashlanib, daraxt to‘nkalari tuproq va betonlar bilan yopib tashlanganligi aniqlandi. 

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari  tomonidan yopib tashlangan to‘nkalar ochilib, daraxtlarning diametrlari o‘lchandi,  o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 35 mln 280 ming so‘m hisoblandi.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Qing‘ir  ishning qiyig‘i qirq kunga qolmasdan chiqdi

Qing‘ir  ishning qiyig‘i qirq kunga qolmasdan chiqdi

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar