Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani «Chubron» qishlog‘i aholisi tomonidan qilingan murojaat xolat joyida Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari hamda «Chubron» qishlog‘i axolisi hamma maxalla faollari bilan birgalikda joyida o‘rganildi.
O‘rganish natijasida shu xudud yaqinida joylashgan «Guldara» suv ombori qurilishida ishtirok etayotgan «Yakkabog‘ Tongi» MSQTK tomonidan Qashqadaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasini kavlab olganligi aniqlandi.
Qonunbuzilishi yuzasidan tashkilot raxbari X.G‘.dan tushuntirish xati olinib dastlabki dalolatnoma rasmiylashtirildi, xolat yuzasidan kerakli barcha xujjatlar to‘planib sud organlariga xavola qilinadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati