Farg‘ona viloyati: Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish faoliyati o‘rganildi
10.
03. 2021
18:55
5519
Yangiliklar

2021 yil 10 mart kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi A. Maksudov Farg‘ona viloyatiga xizmat safari doirasida Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi (tahliliy labaratoriya) faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida tahliliy labaratorini O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 Davlat standarti talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazish, zamonaviy nazorat-o‘lchov jihozlari, o‘lchov asboblari bilan jihozlash, maxsus transport vositalarini xarid qilish bilan bog‘liq masalalarning hal qilinishi belgilandi.


Ma’lumot uchun: Tahliliy laboratoriya faoliyati davomida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi bo‘yicha 24 ta (har oyda) va oqova hamda yer usti suvlarini ifloslantirish manbalari monitoringi bo‘yicha 18 ta (har chorakda), shuningdek, tuproq ifloslanishi bo‘yicha 14 ta (yilda ikki marotaba), jami 56 ta korxonalarda monitoring olib boradi.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona viloyati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Foydali manbalar