Chinoz tumanidagi «Paxta neftbaza»sida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan
12.
03. 2021
10:05
5054
Yangiliklar

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi «Paxta neftbaza»sida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati bilan bog‘langanda, tashkilot matbuot xizmati ushbu yong‘in «Paxta neftbaza»si hududidan ancha uzoqda, qamishzorda sodir bo‘lgani va videolavhada tasvirlangan yong‘inning bazaga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

Ushbu holat bo‘yicha Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish olib borilganda haqiqatdan ham yong‘in «Paxta neftbaza»sida emas, balki, uning atrofidagi qamishzorda kelib chiqqanligi aniqlandi. Surishtiruv ishlari davomida yong‘in yuzaga kelgan hudud xususiy baliqchilik xo‘jaligiga qarashli, hozirda foydalanilmaydigan yer maydoni ekanligi ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan baliqchilik xo‘jaligining mas’ul xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksining 88-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar