O‘zbekiston delegatsiyasi iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etdi
22.
04. 2021
16:00
5348
Yangiliklar

2021-yilning 21-aprel kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida virtual davra suhbatida ishtirok etdi. Tadbir Iqlim bo‘yicha global yetakchilar sammiti doirasida o‘tkazilmoqda.

Tashqi ishlar vaziri A. Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va “O‘zgidromet” vakillari ham o‘rin oldi.

Davra suhbati chog‘ida O‘zbekiston tomoni tadbir ishtirokchilarini mamlakatimiz rahbari boshchiligida respublikamizda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va moslashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Ushbu yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni, jumladan BMT shafeligidagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan aniq takliflar taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Prezidentimizning Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish to‘g‘risida BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Markaziy Osiyo mintaqasida iqlim o‘zgarishi, suv resurslari kamayishi va tabiiy ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish bo‘yicha samarali va tegishli choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida ilmiy-tadqiqot salohiyatini kuchaytirish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun resurslarni jalb qilish zarurligi qayd etildi.

O‘zbekiston tomoni xalqaro sheriklarni biologik xilmaxillik va ekologik tizimlar qisqarishi iqlimiy sabablarini o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.

Leaders Summit on Climate

Leaders Summit on Climate

 


 

Foydali manbalar