O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan 2021 yil 23 aprelь kuni jurnalist va blogerlar uchun Surxondaryo viloyati Angor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan «Bio Texno Eco» MChJ chiqindilarni qayta ishlash zavodiga navbatdagi press-tur tashkil etildi.
Mazkur masъuliyati cheklangan jamiyatida maishiy chiqindilar klaster usulida qayta ishlanib, 10 yaqin turdagi tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Eъtiborli tomoni shundaki, chiqindini qayta ishlash orqali tayyorlanayotgan mahsulotlar, jumladan, bugungi juda xaridorgir bo‘lgan plastik quvurlar neftь-gaz granulalaridan tayyorlangan shunday quvurlardan ancha arzon. Shu bois Yevropa texnologiyalari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi ushbu korxonaning xorijiy hamkorlari ham tobora ko‘payib bormoqda.
Press-tur davomida jurnalist va blogerlar ishlab chiqarishning barcha tsikllari bilan batafsil tanishtirildi.
Surxondaryo viloyati ekologiya boshqarmasi
Axborot xizmati
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati