22 aprel – Xalqaro Yer kuni munosabati bilan yer resurslarini muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi
27.
04. 2021
15:32
4998
Tadbirlar

Sent-Ekzyuperi qahramoni – Kichkina shahzodaning: «Ertalab turib yuvindim, o‘zimni tartibga keltirdim va so‘ng darhol o‘z sayyoramni tartibga keltirdim», degan so‘zlarini bilmaydigan odam topilmasa kerak. O‘z sayyorasini tartibga keltirish nima ekanligi esa bizda hammaga ham ma’lum emas.

22 aprelda butun dunyo Er kunini nishonlashi ham. Yer kurrasi taxminan 4 600 000 000 yil oldin paydo bo‘lgan. Nollarning mazkur miqdoriga ega bo‘lgan sonni tasavvur qilish ham mumkin emas. Tushunish uchun barcha nollarni o‘chirib, uni sun’iy ravishda kamaytiramiz. Endi biz Yer kurrasi 46 yil oldin paydo bo‘lgan deb ayta olamiz. Yer kurrasi mavjudligining dastlabki yetti yili haqida biz hech narsa bilmaymiz. Yer kurrasi mavjudlik davrining o‘rta qismidan bizga faqat ayrim fragmentlar ma’lum. Yer 42 yoshga to‘lganda unda hayot paydo bo‘la boshladi. Dinozavrlar bir yil oldin (Er 45 yoshga to‘lganda), sut emizuvchilar esa – sakkiz oycha muqaddam paydo bo‘ldi. Oxirgi haftaning o‘rtasida ilk odamsimon maymunlar paydo bo‘ldi, uning oxirida esa Yerda muz davri boshlandi. Hozirgi odam atigi 4 soat oldin paydo bo‘ldi! So‘nggi soat davomida u yerga ishlov berishni o‘rgandi, bir minut oldin esa birinchi fabrika ishlay boshladi. Shu oxirgi 60 sekund ichida inson Yerni haqiqiy axlatxonaga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi.

2021 yilning 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ishtirokida Davlat Ekologiya qo‘mitasining majlislar zalida 22 aprelXalqaro Yer kuni munosabati bilan yer resurslarini muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Xalqaro Yer kuni ...

Xalqaro Yer kuni ...

Xalqaro Yer kuni ...

Xalqaro Yer kuni ...

Xalqaro Yer kuni ...

Xalqaro Yer kuni ...

Ilmiy-amaliy seminar o‘tkazishdan asosiy maqsad – dunyodagi va Respublikamizdagi yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer va tuproqni ifloslanishini oldini olish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha keng-ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yerlarni sanoat korxonalari va aholidan chiqadigan maishiy va qattiq chiqindilardan biologik xavfsiz usullarda tozalash, bioremidatsiya va rekultivatsiya usullari yordamida yerlarni qayta ishlashning samarali usullarni ishlab chiqish, yana yer fondiga qaytarish, ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish davr talabi ekanligini ko‘rsatib o‘tishdan iborat.

Seminar davomida «Sug‘oriladigan yerlarda tuproq unumdorligini oshirish choralari» mavzusida taqdimot qilindi. Unda tuproqning turli tog‘ jinslaridan farq qiladigan eng muhim sifat belgilaridan biri unumdorlik ekanligi, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi hisoblangan tuproqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati ham, ana shu unumdorligi bilan belgilanishi, tuproq atrof-muhit bilan bevosita ta’sirda bo‘lib quѐsh energiyasini, turli oziq moddalar bilan elementlarni qabul qilib olishi va murakkab biofizik-kimyoviy jarayonlar natijasida, ularni o‘zida to‘plashi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Taqdimot mavzusi doirasida yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq erroziyasi va uni oldini olish, Respublikamiz hududlarida tuproqlarni sho‘rlanishiga qarshi olib borilayotgan chora tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ayniqsa maishiy va sanoat chiqindilari bilan ifloslangan yerlarni bioremidatsiya va rekultivatsiya usullari yordamida qayta ishlash, ulardan qishloq xo‘jaligida yana foydalanish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar