Namangan viloyati. «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
30.
04. 2021
13:17
5412
Yangiliklar

Joriy yilning 29 aprel kuni Namangan viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2021 yil 19 yanvardagi Respublika Manaviyat va marifat kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi Sultonmurod Tashimov ishtirok etdi.

Davra suhbatini Ma’naviyat va ma’rifat kengashi viloyat bo‘limi boshlig‘i Habibulla Matkarimov ochdi va olib bordi. U davlatimiz rahbarining Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqidan kelib chiqib belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘mita bilan hamkorlikda «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilib, tizim tashkilotlarida ma’naviyat va ma’rifat soatlari tashkil etilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

«Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» mavzusida davra suhbati

«Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» mavzusida davra suhbati

«Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» mavzusida davra suhbati

«Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» mavzusida davra suhbati

Davra suhbatida viloyat yozuvchilar uyushmasi raisi Ziyoviddin Mansurov so‘zga chiqib, mamlakat rivojlanishida ma’naviyatning ham o‘rni katta ekanini, ma’naviyatsiz xech narsaga erishib bo‘lmasligini, ekologik muammolarning kelib chiqishining oldini olish va ularni bartaraf qilishda ham insonlarning ma’naviyati asosiy omil ekanligini ta’kidlab, «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» g‘oyasining mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirib berdi.

Tadbirda S. Tashimov Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tizimda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Boshqarma boshlig‘i A. Jalilov so‘zga chiqib o‘tkazilayotgan bu kabi davra suhbatlari boshqarma xodimlarining ma’naviyatini yanada yuksaltirishda muhim axamiyat kasb etishini ta’kidlab, hozirgi kunda mamlakatimizda asosiy e’tibor qaratilayotgan korruptsiyaga qarshi kurashish, yoshlarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash yuzasidan keng ko‘lamdagi muloqotlarni yanada ko‘proq o‘tkazish maqsadga muvofiqligini aytib o‘tdi.

Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishib, javoblar olishdi. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda fikr va mulohazalar almashildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar