Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Ellikqal’a tuman inspektsiyasi tomonidan 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas» shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Xususan, tuman inspektsiya xodimlari Ellikqal’a tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadoniga tashrif buyurib, uning holidan xabar olishdi.
So‘ng nuroniylarning amalga oshirgan mehnat ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati