Bugun Xalqaro bioxilma-xillik kuni
22.
05. 2021
09:10
4930
Tadbirlar

Xalqaro biologik xilma-xillik kuni 2000 yil 22 may kunidan boshlab jahonning qator mamlakalarida keng nishonlab kelinadi. Mazkur sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995 yil Bioxilma-xillik to‘g‘risidagi Konventsiya a’zo tomonlarining anjumani tavsiyalari asosida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi ham o‘zining barqaror rivojlanishi uchun bioxilma-xillik resurslari muhimligini tan olgan holda, 1995 yilda ushbu xalqaro konventsiyaga qo‘shildi. Bugungi kunga kelib 196 ta mamlakat mazkur konventsiyani ratifikatsiya qilgan.

Texnologiyalar sohasida erishilgan yutuqlarga qaramasdan sayyora aholisi ekotizimlar holatiga bog‘liq. Ichayotgan suvimiz, iste’mol qilayotgan ozuqamiz, nafas olayotgan havoimiz sifati tabiatimiz barqarorligini saqlashga bog‘liq. 2021 yil kun mavzusi «BIZ QARORNING BIR QISMI – WE’RE PART OF THE SOLUTION» bo‘lib, o‘tgan 2020 yildagi kun mavzusining («BARChA MUAMMOLAR YeChIMI TABIATDA!») mantiqiy davomi hisoblanib, atrof muhitni muhofaza qilish hamda u bilan uyg‘un holda yashash bo‘yicha butun dunyo ahaolisi sa’y – harakatlarini birlashtirishga imkon beradi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar