O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining «Saygachiy» majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi hududlariga jami 20 dona fotoqopqon o‘rnatib chiqilgan bo‘lib, bu fotoqopqonlar yordamida so‘ngi besh yildan buyon Ustyurt tekisliklariga kirib kelishi to‘xtab qolgan, O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi» va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqining «Qizil ro‘yxati»ga kiritilgan sayg‘oqlar to‘dasi aniqlandi.
Bundan tashqari, tulki, burgut, g‘oz kabi jonivorlar fotoqopqonga tushgan. Monitoring tadbirlari davom etmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati