Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan «fotoqopqon» bir nechta yovvoyi hayvonlarni kamera ob’ektiga muhrladi. Ushbu suratlarda kaklik, morxo‘r va uning uloqchalarini ko‘rishingiz mumkin.
Morxo‘r butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan kenja tur hisoblanadi. «Qizil kitob»ga kiritilgan. Ko‘hitang, Boysuntog‘, Bobotog‘ tog‘ tizmalarida tarqalgan. 1950–1970 yillarda keskin kamayib ketgan. Keyinchalik Surxon qo‘riqxonasida olib borilgan muhofaza choralari tufayli ushbu turning soni asta-sekin ko‘payib bormoqda.
Surxon davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan o‘tgan yilgi o‘tkazilgan sanoqda 565 ta joriy yilning may oyida o‘tkazilgan sanoq natijasida 600 tadan oshganligi aniqlangan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati