Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) «Yashil Markaziy Osiyo» tashabbusi
11.
06. 2021
20:18
4443
Xalqaro hamkorlik

2021 yil 11 iyun kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov hamda hamkorlik jamiyatining (GIZ) «Yashil Markaziy Osiyo» mintaqaviy dasturi rahbari Karolina Milou xonim o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar mazkur tashabbusni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Qo‘shma harakatlar rejasi loyihasida keltirilgan atrof-muhitga yo‘naltirilgan masalalarni muhokama qilishdi.

Shu jumladan, Mintaqaviy dastur doirasida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mintaqaviy strategiya, Suv-botqoq yerlarni boshqarish strategiyasi hamda yangi transchegaraviy muhofaza etiladigan hududlarni tashkil qilish takliflari ko‘rib chiqildi va nemis tomonidan Harakatlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha mintaqaviy ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishida muhokamaga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

«Yashil Markaziy Osiyo» tashabbusi doirasida Qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishi joriy yilning 17 iyun kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar