Ustyurtdagi fotoqopqonlar noyob tur bo‘lgan Ustyurt qo‘yi-arqalni kamera ob’ektiga muhrladi
18.
06. 2021
19:33
4637
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘i hududiga jami 15 dona fotoqopqon o‘rnatib chiqilgan bo‘lib, bu fotoqopqonlar yordamida butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur Ustyurt qo‘yi- arqal aniqlandi. Bundan tashqari, tulki fotoqopqonga tushgan. Monitoring tadbirlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun: Arqallar Ustyurtning janubi, asosan Qozoqli-Qoplonqir qismi, Quruq ko‘l, Sariqamish botiqlari, janubiy chinklarning sharqiy qismida tarqalgan. Poda hosil qilib, o‘troq holda yashaydi, ba’zan kichik masofalarga mavsumiy ko‘chadi.

Ustyurt

Ustyurt

Ustyurt

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar