1 avgustga qadar O‘zbekistondagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanadi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan idoralar va tashkilotlarga tegishli topshiriq yo‘llangan.
Vazirlar Mahkamasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni to‘liq ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 10 fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga barcha tizim va sohalarda munosib tayyorgarlik ko‘rishni nazarda tutib, joriy yilning 1 avgustiga qadar O‘zbekistondagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanishi bo‘yicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga topshiriq berilgan.
Ma’lumot uchun, VMning 2021 yil 10 fevraldagi qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangandi.
Batafsil ma’lumot – https://kun.uz/07115543
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati