Toshkent shahri. Elektrobuslar olib kelindi
03.
07. 2021
12:56
4350
Yangiliklar

Yurtimizda aholining turmush darajasining oshishi natijasida avtomobillar sonining ko‘payishi hisobiga atmosfera havosiga zararli gazlarning tashlanishi yuqori hisoblanadi.

Atmosfera havosiga o‘rtacha umumiy tashlanmalarning 1,4 mln tonnasi (62 foiz) transport vositalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Atmosferaga tashlanayotgan zararli gazlarni kamaytirish maqsadida jamoat transportlarini bosqichma-bosqich muqobil energiya turi hisoblangan siqilgan tabiiy gaz va elektr energiyasida harakatlanadiganlariga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Hususan, hozirda Toshkent shahriga 20 ta elektrobuslarni olib kelib, ularning harakatlanishi ta’minlanadi.

Shuningdek, 2021-2023 yildarda 390 ta avtobuslar gaz yoqilg‘isiga o‘tkaziladi hamda 2024-2026 yillarda qo‘shimcha yana 300 ta elektrobuslarning xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: hozirda, Toshkent shahrida 1200 dan ortiq avtobuslar mavjud bo‘lib, ulardan yiliga o‘rtacha 5,2 tonna zararli gazlar atmosferaga tashlanadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar