O‘zbekiston Respublikasida ekologik faoliyat samaradorligi sharhi taqdim etildi
15.
07. 2021
16:27
4849
Tadbirlar

Taqdimot 2021 yil 15 iyul kuni BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi O. Algaerova boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasiga tashrif doirasida bo‘lib o‘tdi.

BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan ekologik faoliyat samaradorligining sharhi (ing. Environmental Performance Review — EPR) ekologik siyosatni yaxshilash bo‘yichau yoki bu mamlakat tomonidan erishilgan yutuqlarni baholash jarayonlarini o‘zida aks ettiradi. Ekologik faoliyatni yaxshilash bo‘yicha erishilgan yutuqlarni baholash jarayonlari O‘zbekistonda birinchi marta 2001 yilda, ikkinchi marta 2009 yilda amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasida ekologik faoliyat samaradorligining 3-sharhi 2018 yil oktyabrda boshlangan. Bayon etilgan sharhni tayyorlash uchun 2019 yil 23 fevraldan 7 martga qadar xalqaro ekspertlar tashrif buyurishgan.

O‘zbekiston Respublikasida ekologik faoliyat samaradorligining 3-sharhi me’yoriy-huquqiy va strategik asoslar, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi tadbirlarini moliyalashtirish, “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilish, atmosfera havosini muhofaza qilish, suv resurslarini boshqarish, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish, biologik xilma-xillikni saqlash hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq mamlakat uchun muhim bo‘lgan masalalar yoritilgan.

Bundan tashqari, 3-sharh respublikamizning ekologik aspektlarni energetika, transport, o‘rmon xo‘jaligi, turizm, aholi salomatligi va aholi punktlarini rivojlantirish, ekologik ta’lim sohasidagi siyosatga integratsiya qilish bo‘yicha s’ay-harakatlarni o‘z ichiga olgan.

Environmental Performance Review

Environmental Performance Review

Environmental Performance Review

Environmental Performance Review

Environmental Performance Review

Environmental Performance Review

Environmental Performance Review

Environmental Performance Review

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar