Avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tizimi takomillashtirilmoqda
17.
08. 2021
17:17
4140
Ekanadzor

Vazirlar Mahkamasining 09.03.2021 yildagi «Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 125-son qarori qabul kilindi, unga ko‘ra:

joriy yil 1 sentyabrdan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi avtotransport vositalarini tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalaniladi.

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab xorijiy davlatlarga chiqadigan transport vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilinadi;

– Transport vositalarining majburiy texnik ko‘rigi IIVning DYHXX organlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar tomonidan;

– Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalari faqat tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Takidlash joizki, xozirgi kunda, atmosferaga jami tashlanmalarning 60 foizi transportlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu sababdan, har yili respublika bo‘ylab ikki bosqichli «Toza havo» oyligi tadbiri o‘tkazib kelinmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar