O‘zbekistondagi BMT TD uchta tanlovda qatnashib, mukofotlar yutib olishga taklif etadi.
Qudratli, maftunkor va brakonerlar oldida nihoyatda nochor qor qoplonlari (ilvirslar) Markaziy Osiyodagi 12 ta mamlakatda tarqalgan va odatda, yuksak cho‘qqili tog‘larda, o‘ta balandliklarda uchraydi. 2014 yildan boshlab, har yili 23 oktyabrda Xalqaro qor qoploni kuni nishonlanadi. Bu kun nishonlanishidan maqsad yo‘qolish xavfi ostidagi ushbu mushuksimonlar turiga e’tibor qaratish, ularni asrash va himoyalash borasidagi xabardorlikni oshirishdan iborat. Qor qoplonlari yo‘qolish xavfi ostida turgan jonzot sifatida TAXI Qizil kitobiga kiritilgan (2000), O‘zbekiston Qizil kitobiga ham qo‘shilgan. Shuningdek, ular Yo‘qolish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (SITES)ning I ilovasiga muvofiq ham himoya qilinadi.
Joriy yilda ushbu voqeani nishonlash maqsadida, O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi ekologlar, o‘qituvchilar, psixologlar, universitetlar talabalari, bolalar uchun ijodiy ta’limiy materiallar ishlab chiquvchilar va NNT uchun tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi. Tanlovning asosiy maqsadi va vazifasi bolalar uchun tog‘lar, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan hududlar va himoya ostidagi hayvonlar turlari haqida ma’lumot beruvchi 3D-rasm (qutilar) ko‘rinishida o‘quv materialini ishlab chiqish sanaladi.
1- TANLOV: Tabiat resurslari, flora va faunaga hurmatni rivojlantirish
Bioxilma-xillikka oid 3D-quti bioxilma-xillikni va tog‘ ekotizimlarini asrashning turli yo‘nalishlarini o‘z ichiga olishi mumkin, bunda rasmlarda o‘quv g‘oyalari aks etgan bo‘lishi lozim. 3D-rasmlar qanchalik qiziqarli, ma’rifiy, ijodiyroq bo‘lsa, birinchi o‘rin uchun mukofotni yutish ehtimoli shuncha yuqoriroq bo‘ladi, tanlov yakunlari 2021-yil 23-oktyabrda, xalqaro qor qoploni kuniga bag‘ishlab e’lon qilinadi.
Tanlovda qatnashish uchun ishingiz va g‘oyangizni tasdiqlovchi video suratga olish kerak bo‘ladi. Videoni Instagramdagi profilingizga #узбснежныйбарс2021 xeshtegi bilan joylashtiring. Taqdirlash marosimida ishtirokchilarga 3D-qutilar namoyish etiladi. G‘oliblarni saralash mustaqil hakamlar hay’ati tomonidan materiallarni ekspert baholash orqali amalga oshiriladi.
– 1- o‘rin: Laptop DELL Latitude 7300 noutbuki + Amazfit GTS Obsidian Black smart soati + esdalik sovg‘alari;
– 2- o‘rin: Samsung Galaxy tab S6 plansheti + Amazfit GTS Obsidian Black smart-soati + esdalik sovg‘alari;
– 3- o‘rin: Samsung Galaxy Note 10 smartfoni + Amazfit GTS Obsidian Black smart-soati + esdalik sovg‘alari.
Mezonlar/shartlar: 3D-qutining balandligi, uzunligi va eni 50 sm.dan oshmasligi kerak. 3D-quti kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda yasalishi lozim. Bo‘yoqlardan foydalanish arizachining ixtiyoriga havola. 3D-qutining tavsifi yoki matnli talqinini, imkon bo‘lsa, quti ichiga joylashtirish yoki alohida, rus, o‘zbek yoxud ingliz tilida berish mumkin. Tanlovda qatnashish uchun ishingiz va g‘oyangizni tasdiqlovchi videoni suratga olish kerak bo‘ladi. Videoni Instagramdagi profilingizga #узбснежныйбарс2021 xeshtegi bilan joylashtiring. Taqdirlash marosimida ishtirokchilarga 3D-qutilar namoyish etiladi. G‘oliblarni saralash mustaqil hakamlar hay’ati tomonidan materiallarni ekspert baholash orqali amalga oshiriladi.
Ushbu tanlovda quyidagilar qatnashishlari mumkin: ekologlar, o‘qituvchilar, talabalar, psixologlar, bolalar uchun ijodiy ta’limiy materiallar ishlab chiquvchilar, nodavlat tashkilotlari. Yosh bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Tanlov qamrovi – butun O‘zbekiston bo‘ylab (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar shaharlari va tumanlari, Toshkent shahri).
Muddati: 2021-y. 15-sentyabrgacha.
2- TANLOV: “Birgalikda birdamlik va yakdillik orqali biz tabiatimizni himoya qilamiz” badiiy tanlovi
Bu tanlov 10 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Badiiy ish vatmanda bajarilishi lozim, nima bilan chizilishi esa, muallif ixtiyoriga havola. Ishtirokchilar o‘z ishlarida bayon etishlari lozim bo‘lgan mavzu – bu ekologik muammolarni hal qilish, O‘zbekistonda yashaydigan, yo‘qolib borayotgan hayvon turlari, jumladan qor qoploni, tog‘ echkisi yoki sug‘urni himoya qilish. Bu tanlovda mavzuga yondashuv, ijodiylik, g‘oya va, albatta, muammoning yechimi baholanadi. Ishtirokchilar ishni o‘z Instagram/Facebook profillariga #узбснежныйбарс2021 xeshtegi ostida joylashlari va kontakt ma’lumotlarini ko‘rsatishlari lozim.
Rasmlar tabiatni muhofaza qilish va yovvoyi tabiat haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi saralash komissiyasi a’zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan baholanadi. Tanlov davrida ishtirokchilarning profillari ochiq bo‘lishi, shuningdek tanlov qatnashchisining ismi va familiyasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Rag‘batlantiruvchi mukofotlarga qo‘shimcha sifatida uchta sovrin o‘ynaladi. G‘oliblarni saralash mustaqil hakamlar hay’ati tomonidan, materiallarni ekspert baholash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
– 1- o‘rin: Laptop DELL Latitude 7300 noutbuki + Amazfit GTS Obsidian Black smart-soati + “yosh rassom to‘plami” + esdalik sovg‘alari;
– 2- o‘rin: Samsung Galaxy tab S6 plansheti + Amazfit GTS Obsidian Black smart-soati + “yosh rassom to‘plami” + esdalik sovg‘alari;
– 3- o‘rin: Samsung Galaxy Note 10 smartfoni + Amazfit GTS Obsidian Black smart-soati + “yosh rassom to‘plami” + esdalik sovg‘alari.
Mezonlar/shartlar: Ishtirokchilar ishni o‘z Instagram/Facebook profillariga #узбснежныйбарс2021 xeshtegi ostida joylashlari va kontakt ma’lumotlarini ko‘rsatishlari lozim.
Ushbu tanlovda quyidagilar qatnashishlari mumkin: 10 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Tanlov qamrovi – butun O‘zbekiston bo‘ylab (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar shaharlari va tumanlari, Toshkent shahri).
Muddati: 2021-y. 10-sentyabrgacha.
3- TANLOV: Videorolik suratga olish
Ushbu tanlov yoshi va kasbidan qat’i nazar, barcha uchun ochiq. Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar qor qoplonini asrash, uning asosiy ov ob’ektlari va yashash joylari to‘g‘risida videorolik olishlari va Instagram/Facebook profillariga joylashlari kerak bo‘ladi. Video istalgan formatda, hujjatli filmdan havaskor s’yomkagacha bo‘lishi mumkin (kadr ortida axborot matni, xronometraj – ko‘pi bilan 3 daqiqa). Video qanchalik qiziqarli, ma’rifiy va ijodiyroq bo‘lsa, g‘olib bo‘lish va loyiha tashkilotchilaridan mukofot yutib olish imkoniyati shuncha katta bo‘ladi. G‘oliblarni saralash mustaqil hakamlar hay’ati tomonidan materiallarni ekspert baholash vositasida amalga oshiriladi. Barcha ishlar ko‘chirmachilikka tekshiriladi.
– 1- o‘rin: Sony A7 III Fotoapparat/kamerasi + Amazfit GTS Obsidian Black smart-soati + esdalik sovg‘alari;
– 2- o‘rin: Laptop DELL Latitude 7300 noutbuki + Amazfit GTS Obsidian Black smart-soati + esdalik sovg‘alari;
– 3- o‘rin: Samsung Galaxy tab S6 plansheti + Amazfit GTS Obsidian Black smart-soati + esdalik sovg‘alari.
Mezonlar/shartlar: Tanlov yoshi va kasbidan qat’i nazar, barcha uchun ochiq. Video istalgan formatda, hujjatli filmdan havaskorlik s’yomkasigacha bo‘lishi mumkin, davomiyligi ko‘pi bilan 3 daqiqa, rus, o‘zbek yoki ingliz tilida bo‘lishi kerak. Video qanchalik qiziqarli, ma’rifiy va ijodiyroq bo‘lsa, g‘olib bo‘lish va loyiha tashkilotchilaridan mukofot yutib olish imkoniyati shuncha katta bo‘ladi. Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar videoni suratga olib, Instagram/Facebook profillariga #узбснежныйбарс2021 xeshtegi ostida joylashlari va o‘z kontakt ma’lumotlarini ko‘rsatishlari kerak. Video smartfonda, professional yoki havaskor kamerada olinishi mumkin. Zarur bo‘lsa, siz turli hayvonlar tasvirini, shuningdek kadr ortida axborot matnini joylashtirishingiz mumkin.
Ushbu tanlovda quyidagilar qatnashishlari mumkin: Tabiatga befarq bo‘lmagan barcha. Yosh bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Tanlov qamrovi – butun O‘zbekiston bo‘ylab (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar shaharlari va tumanlari, Toshkent shahri).
Muddati: 2021-y. 15-sentyabrgacha.
Saralash komissiyasi a’zolari: O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, NNT, O‘zbekistondagi BMT TD va boshqa tashkilotlar vakillari, yetakchi blogerlar.
Tanlov shartlari: Tanlov materiallari reklama axborotiga, shuningdek O‘zbekiston hududida tarqatish taqiqlangan yoki cheklangan axborotga ega bo‘lmasligi kerak. Mazkur axborotga ega tanlov materiallari ko‘rib chiqilmaydi!
MATERIALLARDAN FOYDALANISh HUQUQI: Tashkilotchilar olingan materiallarni tarqatish, ko‘paytirish, nusxa ko‘chirish, chop etish va ulardan foydalanish huquqiga ega. Tashkilotchilar va hamkorlar, o‘z tomonidan, o‘z nashrlarida material muallifini ko‘rsatish majburiyatini zimmalariga oladilar.
2021-yil 25-oktyabrda, g‘oliblar aniqlangach, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, NNT, O‘zbekistondagi BMT TD, O‘zbekistondagi diplomatik missiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa mehmonlar ishtirokida rasmiy taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha axborot olish uchun murojaat qiling:
Elena Turaeva, elena.turaeva@undp.org
tel: (+998) 93 5015630
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati