Ijtimoiy tarmoqlarda «Xorazm viloyati Urganch shahri A.Bahodirxon ko‘chasidagi viloyat Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik va jamoat xavfsizligi markazi qarshisidagi 11 ta sog‘lom daraxt kesib tashlangan» sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
Ayni damda ishchi guruh shakllantirilib, o‘rganish ishlari boshlandi.
Batafsil ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati